Rossiyalik sport sharhlovchilari: «Ravshan Ermatov finalda hakamlik qilishi kerak»

A A A
Rossiyalik sport sharhlovchilari: «Ravshan Ermatov finalda hakamlik qilishi kerak»

"Daryo.uz" sharhlovchisi Baxtiyor Nasimov rossiyalik sport sharhlovchilari Aleksandr Yelagin va Denis Kazanskiy bilan UzReport-TV telestudiyasida eksklyuziv uchrashuv uyushtirdi.

— So‘nggi vaqtlarda futbol sharhlovchilarining ishi qanchalik qiyinlashdi?

Aleksandr Yelagin . Tabiiyki futbol tezlashdi. Taktik yangiliklar ko‘paydi va trenerlarning taktik fikrlash rivojini kuzatib borish zarur. Uchta himoyachi, to‘rtta himoyachi, beshta himoyachi bilan o‘ynashlari mumkin. Shu bilan birga o‘yin davomida jamoa o‘yinida taktik o‘zgarishlar bir necha marta yuz berishi mumkin. Barcha taktik o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish ham kerak.

Futbol o‘zgardi, muxlislar o‘zgardi, demakki, sharhlovchi ham o‘zgarishi, futbol bilan birga qadam-baqadam o‘sishi talab etiladi. O‘zimdan kelib chiqib ayta olamanki, har bir o‘yin tomoshabin oldidagi misoli bir imtihon.

Denis Kazanskiy. Hamma gap axborot maydonida nimalar bo‘layotganida. Men hozir kelaturib Braziliya terma jamoasi treneri Tite haqida kattagina materialni o‘qidim, unda aytilishicha, u bolaligida futbol o‘yinlari to‘g‘risidagi reportajlarni radio orqali tinglagan ekan. Endi hamma narsa o‘zgardi: koptoklar, poyabzal, maydonlar, stadionlar. Shu jumladan televideniye ham. Vaqt o‘zgardi. Ijtimoiy tarmoqlar, saytlar, telekanallar paydo bo‘ldi va futbol o‘yinini ko‘rishning imkoni bo‘lmagan joyning o‘zi qolmadi.

Hayot o‘zgarmoqda. Axir 60 yillardagi avtomobillarni XXI asr mashinalari bilan solishtirib bo‘ladimi? U paytlardagi samolyotlar qanaqa edi-yu, hozirgilari qanday. Eski maktab sharhlovchilariga yangi an’analarga moslashish qiyin ekanligini ko‘rib turibman. Ishonchim komil, o‘n yildan keyin bizga yanada qiyin bo‘ladi. Chunki hamkasbim Yelagin aytganidek, ko‘p narsa taktikaga bog‘liq.

— Tomoshabinlar sizni ko‘pincha nimalarda ayblashadi?

 Aleksandr Yelagin. Har bir tomoshabinning o‘z qahramoni bor. Kimgadir emosional sharhlash tarzi yoqsa, kimdir buni yoqtirmaydi.

Denis Kazanskiy. Eng ko‘p uchraydigan ayblov – bu mening «Spartak», SSKA, «Manchester Yunayted»ning muxlisi ekanligim yoki aksincha. Lekin biror bir aniq narsada ayblashmaydi. Hamkasblarning fikri anchagina muhim. Agar biror bir narsa ko‘ngildagidek chiqmasa, yoki qandaydir g‘alizlik bo‘lsa, Yuriy Lozanov shartta aytib qo‘ya qoladi. Va sen buni tuzatishga harakat qilasan.

— O‘yinga tayyorgarlik ko‘rishga qancha vaqtingiz ketadi?

Aleksandr Yelagin. Futbolchilar va trenerlar hayotida nimalar ro‘y berayotganligidan xabardor bo‘lish zarur. Sportning ichida bo‘lmog‘imiz darkor. Mana aytaylik, Vladimir Maslachenko o‘yinga deyarli tayyorgarlik ko‘rmas edi. Nima uchun? Chunki u musiqachi notani o‘qigani singari o‘yinni ham o‘qir edi. Uning uchun o‘yin xuddi ochiq kitob kabi edi.

Denis Kazanskiy. Sharhlovchilar mavzuga boshlari bilan sho‘ng‘ishlari kerak va o‘zgarishlarga tez javob qaytarishlari lozim. Hozir eski usullar bilan ishlab bo‘lmaydi. Kommentatorning avvaldan tayyorlab qo‘ygan materiallari 20-30 foiz ishlatiladi. Shunaqasi ham bo‘ladiki, 120 daqiqa davomida o‘yinda deyarli hech narsa ro‘y bermaydi, biroq sharhlovchi shu vaqt ichida tomoshabinlarni zeriktirmasdan sharhlashni davom ettirishiga to‘g‘ri keladi.

— UzReport-TV FIFAdan Rossiyadagi Jahon Chempionati o‘yinlarini translyasiya qilish huquqini sotib oldi. Biroq hamma ham buni ijobiy qabul qilmadi.

Aleksandr Yelagin. O‘zbek muxlislariga qilingan bunday hadya uchun UzReport-TV’ga minnatdorchilik bildirish kerak deb hisoblayman. Ingliz premer-ligasi, Yevropa kubogi, 2016 yilgi Yevropa chempionati, 2018 yilgi Jahon Chempionati. Bundan yaxshi bo‘lishi mumkinmi? Tanqidchilar va norozilarga keladigan bo‘lsak, ular doimo bo‘lishgan, bor va bundan keyin ham bo‘ladi. Meni kechiring-u, lekin men ularni hasadgo‘ylar deb hisoblayman. UzReport-TV kabi kompaniyaning esa hasadgo‘ylari bo‘lishi tabiiy. Bu juda yaxshi. Demak, hasad qilishga arzigulik narsalar bor, demak UzReport-TV o‘syapti va rivojlanyapti. UzReport-TV’da yomon o‘yinlar bo‘lmaydi.

Denis Kazanskiy. Bu katta ish, biroq chempionat boshlangunga qadar muxlislar orasida tushuntirish ishlari olib borish kerak edi, buning uchun yetarlicha vaqt ham bor edi. Bu yerda UzReport-TV’ning o‘zi ham aybdor. Ular oldindan keng miqyosdagi kampaniya o‘tkazishlari, teletomoshabinlarga nimalar bo‘layotganligini aytib berishlari kerak edi, bu dabdurustdan, chaqmoq singari birdaniga bo‘lmasligi kerak edi. Axir bu absolyut to‘g‘ri yo‘l. Hozirda butun dunyoda o‘g‘rincha tranlyasiya qilish tezda oshkor bo‘lmoqda, MDH davlatlaridan birida shunday noxush voqea bo‘lib o‘tganligidan xabarim bor. Endi o‘g‘rincha translyasiya o‘tmaydi. Bundan narsalar haqida oldindan xabar berish kerak. Efirda o‘zbek yoki rus tilida sharhlash va sharhlovchini tanlash imkoniyatini berishning o‘zi katta ish, bunday tanlovga butun dunyo intiladi.

— Men, to‘g‘risini aytsam, Rossiya terma jamoasi guruhdan chiqmaydi deb o‘ylagandim.

Aleksandr Yelagin. Men ham shunday deb o‘ylagandim.

Denis Kazanskiy. Sizning fikringizga qo‘shilaman, ko‘pchilik buni kutmagandi. Jamoa oldiga guruhdan g‘olib bo‘lib chiqish vazifasi qo‘yilgan edi, u buni sharaf bilan uddaladi.

— Endi buyog‘i juda qiziq, jamoa yana nimalarga erisharkin? Rossiya yarim finalda va hattoki finalda o‘ynasa ham hayron bo‘lmayman.

Aleksandr Yelagin. Bu yerda hayron qolarli joyi yo‘q. Rossiya Ispaniyadan yengilishiga 100% ishonchim komil edi. Chunki, men Rossiya terma jamoasiga qanchalik muxlislik qilmay, shunday ob’ektiv omillar borki, ular ispanlarning rossiyalik futbolchilardan ancha yuqoriligini ko‘rsatib turadi. Hammasiga ispanlarning o‘zi aybdor. Butun o‘yin davomida Akinfeevning darvozasi oldida atigi bir marta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi, xolos. Jarima to‘pi atrofida tentirashdi-tentirashdi, to‘pni qo‘ldan chiqarishmadi, 80% vaqt davomida to‘pga egalik qilishdi. Ajoyib uzatmalar, 1026 ta uzatma. Bu zo‘r, albatta, biroq bundan nima naf? Rossiyaliklar esa tishlarini tishlariga qo‘yib, penaltigacha etib kelishdi. Buni futbol deydilar.

Denis Kazanskiy. Menga Ispaniya kuchli o‘zgaradigan jamoa bo‘lib tuyulgandi. Masalan, Fransiyani olaylik, guruh ichida juda yomon o‘ynashdi, biroq keyin Argentina bilan bo‘lgan o‘yinda hammasini qoyilmaqom qilishdi. Ispaniya juda yomon o‘ynadi, Rossiya esa mudofaa uchun o‘ynaydigan jamoa sifatida a’lo o‘yin ko‘rsatdi. Shu sababli Xorvatiya bilan ham xuddi shunday bo‘ladi, biroq bu safar o‘yin anchagina shiddatli kechadi. Hech qanday holatda ham Xorvatiyaga bosim o‘tkazmaslik kerak. O‘zini xotirjam tutish kerak. O‘yinning chiroyli o‘tishi bizni umuman qiziqtirmaydi. Bizga natija kerak. Agar bu safar ham o‘n kishi himoyaga tursa va qandaydir qulay vaziyat bo‘lib qolishini kutishsa, bu ish berishi mumkin. Agar xorvatlarning jahlini chiqarsak, oqibati yomon bo‘ladi.

— Kim chempion bo‘ladi?

Aleksandr Yelagin. Bu Rossiya bo‘lishi ham mumkin! 2004 yilda, trener Otto Rexagel Gresiya jamoasiga murabbiylik qilganida ham hech kim ularga ishonmagandi. O‘shanda ular hamma ishongan Chexiyani dog‘da qoldirishgan edi. Chexiya jamoa tarkibi zo‘r edi – Poborskiy, Rosiskiy, Nedved, Koller, Barosh. Finalda esa greklar turnir egasi bo‘lmish portugallarni yengib, Yevropa chempioni bo‘lishgandi. O‘shanda kim ham Gresiyani g‘olib bo‘ladi deb o‘ylapti, deysiz?

Hazilni chetga surib, jiddiy gapiradigan bo‘lsak, bitta da’vogar qoldi.

Braziliya. Ular qanday shiddat bilan o‘ynayotganlari ko‘rinib turibdi. Belgiyaliklar, mening fikrimcha, inglizlar singari chempion bo‘la olmaydilar. Ularni to‘xtatib qolishadi. Ularning asosiy muammosi – ruhiyatida. Afsuski, ularda g‘alaba an’anasi yo‘q, bu esa g‘alabaga erishish uchun juda muhim. Bu erda birorta yangi gap aytolmayman.

Asosiy umidlar puchga chiqdi. Germaniya, Ispaniya, Argentina, Portugaliya o‘yindan chiqdi.

Denis Kazanskiy. Ularning o‘yindan chiqishining sababi turlicha. Germaniyaning guruhdan chiqa olmaganligining sababi – Yoaxim Lyov, u Konfederasiya kubogidan so‘ng esini yo‘qotib qo‘ydi va bir qancha hayratlanarli qarorlarni qabul qilib, jamoada ko‘p narsalarni ishdan chiqardi. Noyer bir yillik tanaffusdan so‘ng darvozani egalladi. Leroy Sane chempionatga olinmadi. Hattoki, bir yil oldingi tarkibdagi jamoa ham yo‘q hozir.

Argentinaning yutqazishiga asosiy aybdor ularning treneri Xorxe Sampaoli. Trener bilan Messi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqea esa alohida hikoya. Ular yutqazgan jamoa ham anoyi emasdi. Fransuzlar bu chempionatda yarim finalgacha borishlari mumkin deb o‘ylayman.

— Ravshan Ermatov haqida nimalar deya olasiz?

Aleksandr Yelagin. Ermatov final o‘yinini boshqarishi kerak. Bu uning uchun uchinchi Jahon Chempionati. Uni UYEFA va FIFA hakamlar korpusi rahbarlari Perluiji Kollina va Massimo Buzakkilar ham hurmat qilishadi. Ermatov o‘yinni bexato boshqaradi. Hech bir qoidabuzarlikni o‘tkazib yubormaydi. Balki uning o‘yinni boshqarish tarzi o‘ziga xos, yumshoqroqdir. Buning ustiga u o‘zbekistonlik. Yevropaliklar hakamlik qilolmaydi, chunki so‘nggi ikkita finalga ular hakamlik qilishdi. Ketma-ket uchta finalni boshqarishni evropaliklarga berishmaydi. Demak hakam boshqa mintaqadan bo‘ladi. Janubiy amerikaliklar hakamlik qilishgan. Uning raqibi eronlik hakam Aliriza Fegani. Ularning har ikkalasi ham malakali arbitrlar, Osiyo konfederasiyasi vakillari va ularning komandalari o‘ynamayapti.

— Ermatov shubhasiz hakamlikka asosiy da’vogar.

Denis Kazanskiy. U hozircha a’lo natijalarni ko‘rsatyapti. Agar hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, Ravshan Ermatov final o‘yinini boshqaradi va bu chiroyli o‘yin bo‘lishi aniq. Biz hammamiz o‘tgan safargi chempionatda Ermatovni final o‘yini hakami etib tayinlanishini kutgandik, biroq bunday bo‘lmadi. Endi esa u ko‘rsatgan darajani hisobga olib va chempionat Rossiyada o‘tkazilayotganligidan kelib chiqilsa, menimcha shunday bo‘lishi kerak.

— Ilgari, har bir chempionatda birorta yangilik bo‘lardi. Misol uchun gollandlarning o‘sha «ommaviy futboli». Bu chempionatda ham yangiliklar bormi?

Denis Kazanskiy. Albatta, ushbu Jahon Chempionatida biz yangi an’analarga duch kelyapmiz. Yon himoyachilarga juda kam e’tibor berilyapti. O‘tgan galgi chempionatda aksincha unga katta e’tibor qaratilgandi. Klublarda ham. «Real»dagi Marselo va Karvaxalni oling, «Siti»dagi Gvardiola ham xuddi shular jumlasidan. U kelishi bilanoq, ikkita shunday himoyachini sotib oldi va Kayl Uoker aqlbovar qilmaydigan mavsumni o‘tkazdi. Ushbu Jahon Chempionatida biz chekkadagi himoyachilarni ko‘rmayapmiz. Ular bo‘lsa ham, bu har bir jamoa uchun muammoli zona bo‘lib qolmoqda. Biz klub futbollarida ko‘radigan chuqur pleymeyker o‘yinlari ham bu erda o‘tmayapti. Biror bir chuqur o‘yinni ko‘rmadik. Jamoalarda «o‘ninchilarning» boshqalarga ta’siri klub o‘yinlari darajasidan biroz yuqori. Modrich, Pogba, o‘ninchi raqamning yorqin ikki namoyandasi. Belgiyada bunaqasi yo‘q, ularda majburiyatlar Azar va de Bryoyne o‘rtasida taqsimlangan.

Yana eng muhim an’analardan biri – standartlar. Burchak to‘plari, penaltilar. VAR video takrorlashlar tizimi. Jahon Chempionatlarida hech qachon buncha ko‘p penalti bo‘lmagandi. Videoyozuvlarni ko‘rgandan so‘ng tayinlanadigan va bekor qilinadigan penaltilardan tashqari yana bir yangi omil paydo bo‘ldi. Endi har bir himoyachi yaxshi biladi: uning hech bir «kishi bilmas» qoidabuzarliklari jazosiz qolmaydi.

Inglizlar, ispanlar va urugvayliklarning standart holati o‘yinlaridan so‘ng nechta gol urilganligini ko‘rib turibmiz.

Manba: daryo.uz

Eng muhimi, biz anderdoglar – o‘yinchilarning tarkibi, tajribasi va mahorati pastroq bo‘lgan jamoalar – mudofaaga o‘ynab turib ustunlikka erishayotganliklarini ko‘ryapmiz. Bunday mudofaani yorib o‘tish esa ancha mushkul vazifa.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.