Rossiyalik milliarder Pyotr Aven sanksiyalar ostida o‘tayotgan hayoti haqida gapirdi

Rossiyalik milliarder Pyotr Aven sanksiyalar ostida o‘tayotgan hayoti haqida gapirdi

Rossiyalik milliarder Pyotr Aven Financial Times nashriga sanksiyalar ostida o‘tayotgan Buyuk Britaniyadagi hayoti haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:

— Bizning biznesimiz sindi. 30 yil davomida nimagaki erishgan bo‘lsak, bari butunlay vayron bo‘ldi. Biz qandaydir tarzda yangi hayot boshlashimiz kerak;

— Biz qonuniy jihatdan biznes yurita olmaymiz. Ular [sheriklar] men bilan shaxsan uchrashishdan cho‘chiydi. Biz hokimiyatdan juda qo‘rqamiz;

— Men farrosh yoki haydovchi yollash huquqiga egamanmi? O‘zim hayday olmayman... Biz qanday qilib kun kechirishga ham o‘ylanib qoldik;

— Britaniyalik huquqshunoslar ruslar bilan ishlashni xohlamayapti. Menga joriy qilingan sanksiyalarni o‘zgartirish deyarli mumkin emasligi aytilmoqda;

— Faqat [Rossiya] prezident bilan uchrashgani uchun sanksiyalar ostida qolish juda g‘alati. Biz siyosatdan mutlaqo chetda qolishga harakat qilamiz. Putin bilan uchrashuvlarda men shaxsan emas, balki Alfa guruhi vakili bo‘lganman;

— Sanksiya qo‘llanilishi tushunarli. Lekin bu adolatdan emas. Biroq, insonlar halok bo‘layotgan bir paytda, men shikoyat qila olmayman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!