Rossiyadagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ma’lum bo‘ldi

Rossiyadagi yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ma’lum bo‘ldi

Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan xabarga ko‘ra, 2019 yilning 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30da Rossiya Federasiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayoni, “STROY PROYEKT SERVIS” MCHJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati olib, rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

  1. Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972 y.t;
  2. Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998 y.t;
  3. Djumoyev Ergash Binoyevich, 1983 y.t.

Tan jaroxati olgan fuqaro:

  1. Omanov Tolibjon Butayevich, 1966 y.t.

Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bog‘lik tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Tezkor raqami” 78-147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!