Rossiyada o‘zbekistonliklarning jinoiy guruhga aralashgani tasdiqlandi

Rossiyada o‘zbekistonliklarning jinoiy guruhga aralashgani tasdiqlandi

Rossiyaning Primore o‘lkasi prokuraturasi to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha ayblov xulosasini tasdiqladi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Ikki nafar ayblanuvchi 2020 yilning yanvarida jinoiy guruh tuzgan va yana uch nafar o‘zbekistonlikni unga jalb etgan. Ular Vladivostok va Ussuriyskdagi internet-kafelarga 8 marotaba bosqinchilik hujumini amalga oshirgan. Yetkazilgan umumiy zarar 430 ming rubldan oshadi (60,6 million so‘m).

Ishlab chiqilgan sxema va rollar taqsimotiga ko‘ra, kechki yoki tungi vaqtda jinoiy guruh a’zolaridan biri internet-kafega tashrif buyuruvchi sifatida kirgan va u yerda hech kim qolmagan vaqtgacha o‘tirib, bu haqda sheriklariga xabar bergan. Jinoiy guruh a’zolari boshlariga niqob kiygan holda bostirib kirgan va administratorga tahdid qilib, pul mablag‘lari hamda qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlab ketgan.

Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Primore o‘lkasi sudiga yuborilgan. Oldinroq jinoiy guruh a’zolaridan biri 9 yildan ozodlikdan mahrum etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvarida o‘zbekistonlik 4 nafar erkak Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bosqinchilik qilgani uchun qo‘lga olingandi. Mazkur shaxslar 2019 yilning 21 dekabr kuni bir yo‘lovchining ikkita telefoni va bank plastik kartasini olib qo‘ygan. Bosqinchilar 2020 yil 5 yanvar kuni esa Sankt-Peterburgdagi Veteranlar ko‘chasida taksichining mashinasini egallab olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!