Rossiyada o‘zbekistonlik yigit qizni pichoqlab o‘ldirdi

Rossiyada o‘zbekistonlik yigit qizni pichoqlab o‘ldirdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Viborgskiy tumanida 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit 20 yoshli qizni bir necha marta pichoqladi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.

Hodisa 30 iyul kuni Simonova ko‘chasidagi 7-uy hovlisida sodir bo‘lgan. To‘satdan kelib chiqqan janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jabrlanuvchini pichoqlagan. Qiz olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Shundan so‘ng yigit pichoqni avval o‘zining yelkasiga, keyin esa ko‘kragiga urgan. U og‘ir ahvolda 3-shahar kasalxonasiga yotqizilgan. Qotillik yuzasidan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!