Rossiyada sintetik narkotik sotganlikda gumonlangan migrantlar hibsga olindi

Rossiyada sintetik narkotik sotganlikda gumonlangan migrantlar hibsga olindi

Rossiya IIVning Astraxan viloyatidagi boshqarmasi tibbiy muassasadan 20 nafar astraxanlik shaxslar noma’lum moddadan zaharlanish belgilari bilan reanimasiya bo‘limiga yotqizilgani haqida ma’lumot oldi, deb xabar beradi RF IIV Astraxan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organining ma’lum qilishicha, noma’lum dori vositasidan zaharlangan 4 nafar shaxs vafot etdi, 20 nafari jonlantirish bo‘limida.

Ushbu faktlar asosida Rossiya IIVning Astraxan shahri bo‘yicha Tergov boshqarmasining axborot va telekommunikasiya texnologiyalari, giyohvand moddalar savdosi va iqtisodiy sohada sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tergovchisi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Rossiya IIV viloyat bosh boshqarmasi narkotik moddalarni nazorat qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy sotishda gumon qilingan, voqeaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston respublikasining uch nafar fuqarosi Stavropol o‘lkasida polisiya tomonidan ushlanib, Astraxanga olib ketildi", - deyiladi xabarda.

Kerakli tekshiruvlar, jumladan, genetik tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Hodisaning barcha holatlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari va tezkor tadbirlar davom etmoqda.

Noqonuniy faoliyatga aralashgan shaxslar, shuningdek, hayot uchun xavfli bo‘lgan taqiqlangan moddalarning boshqa iste’molchilari aniqlanmoqda.

"Giyohvand moddalarni noqonuniy muomaladan butunlay chiqarib tashlash choralari ko‘rilmoqda", — dedi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!