Rossiyada qotillikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi aybini tan oldi

Rossiyada qotillikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi aybini tan oldi

Moskva shahrining Zyuzino tumani, Sevastopol prospektida 1993 yilda tug‘ilgan Yuliya Tkachyovani o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olingan shaxs aybiga to‘liq iqror bo‘lib, jinoyat tafsilotlarini aytib berdi. Bu haqda Moskva Tergov qo‘mitasi xabar qildi.

«Gazeta.uz» nashrining Rossiya Tergov qo‘mitasiga tayanib xabar berishicha, uning ismi sharifi Shohruxbek Karimov bo‘lib, O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.

Qayd qilinishicha, 17 noyabr kuni Tkachyova polisiya bo‘limiga murojaat qilib, yosh yigit uni ta’qib qilayotgani va ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolganini aytgan. 18 noyabr kuni esa Sevastopol prospektida uning jasadi topilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida gumondor Tambov viloyatida ushlangan.

Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Bu modda bo‘yicha maksimal javobgarlik 15 yilik qamoq jazosini nazarda tutadi.

Yuliya Tkachyova qotillikdan bir kun oldin polisiyaga murojaat qilgan bo‘lsa-da, nega himoyaga olinmagani haqida xabarda ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!