Rossiyada onasi pishirgan ovqatni yegan 3 yashar bolakay vafot etdi

Rossiyada onasi pishirgan ovqatni yegan 3 yashar bolakay vafot etdi

Rossiyada onasi tomonidan tayyorlangan kolbasa qo‘shilgan ovqatni iste’mol qilgan yosh bola vafot etdi.

"Pro gorod Samara" portalining xabar berishicha, bola noma’lum brenddagi kolbasalardan zaharlanib o‘lgan. Ayol ularni "Liniya" gipermarketidan sotib olgan va bu mahsulotlarning partiyasi allaqachon sotuvdan olingan.

Manbaga ko‘ra, ovqatdan butun oila zaharlangan: ona va ikki o‘g‘il. Eng kichigi, uch yoshli bola tez yordam mashinasida vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!