Rossiyada millioner Musa Bajayevning o‘g‘li polisiyachi bilan mushtlashgani uchun hibsga olindi

Rossiyada millioner Musa Bajayevning o‘g‘li polisiyachi bilan mushtlashgani uchun hibsga olindi

Moskvaning Zamoskvoreskiy tuman sudi 29 iyul, dushanba kuni millioner Musa Bajayevning o‘g‘li 23 yoshli Timur Bajayevni 26 sentyabrgacha tergov izolyatoriga jo‘natdi. Bu haqda Moskva sudlari matbuot xizmati xabar berdi. Bajayev milisiya xodimiga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llaganlik ishi bo‘yicha (Jinoyat kodeksining 318-moddasi 2-qismi) hibsga olingan.

Timur Bajayev 27 iyul kuni kechqurun qo‘lga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u «Lujniki» stadioni yaqinida polisiyachi bilan «to‘qnash kelgan» va unga nisbatan zo‘ravonlik qilgan. Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynning ta’kidlashicha, bu xodim Moskva markaziy ma’muriy okrugi ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Maxonin bo‘lgan.

«REN TV» telekanali Maxoninning yuzida ko‘karishlar va pastki chap ko‘z qovog‘ida gematoma borligini ma’lum qildi.

Chechenistonlik 58 yoshli Musa Bajayev «Gruppa Alyans» prezidenti va «Russkaya platina» kompaniyasining egasidir. 2021 yilda Forbes jurnali Musa Bajayevning boyligini 750 million dollarga baholadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!