Rossiyada marhum qo‘shiqchi Aleksandr Gradskiyning bevasiga tajovuz qilishdi. Tojikistonlik erkak hibsga olindi
Naro-Fominskda asli tojikistonlik Umedjon Jabborov Aleksandr Gradskiyning beva xotiniga hujum qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda 26 yanvar kuni Naro-Fominsk shahar sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Sud Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bo‘yicha tergovchisining Aleksandr Gradskiyning bevasi Marina Kotashenkoga hujum qilganlikda ayblanayotgan Jabborov Umedjon Azizovichga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqdi», deyiladi hisobotda.
Unga nisbatan 2022 yil 16 martgacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.
Avvalroq huquq-tartibot idoralaridagi manba RIA Novostiga allaqachon sudlangan Umedjon Jabborov Moskva metrosida yuzni tanuvchi kameralar yordamida qo‘lga olinganini ma’lum qilgandi. Hozircha Marina Kotashenkoga hujumda gumon qilingan boshqa shaxslar topilmadi.
Moskva shahar sudi saytida yozilishicha, 2017 yil iyulida Xoroshevskiy tuman sudi Jabborovni pora olishga urinish aybi bilan bir yilga koloniyaga hukm qilgan. Ish sudlanuvchilar tomonidan o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan holda alohida tartibda ko‘rib chiqildi.
Huquq-tartibot idoralaridagi manbaga ko‘ra, Jabborov do‘kon sotuvchisi bo‘lib ishlagan va kechasi spirtli ichimlik sotayotganida ushlagan polisiyachiga 15 ming rubl pora bermoqchi bo‘lgan.
Kotashenkoga yanvar oyi o‘rtalarida tajovuz qilingan - undan deyarli 100 million rubl olingan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, bosqinchilar baxtsiz hodisa "tashkillashtirishgan", qiz mashinadan tushganidan keyin uni uyiga olib ketishgan va katta miqdorda pul olib ketishgan.
Keyinchalik ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida qizning o‘zi marhumning pullarini egallab olish uchun o‘g‘irlik qilishi mumkinligi haqidagi taxminlar paydo bo‘ldi. Advokat Aleksandr Dobrovinskiy RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida bu mish-mishlarni rad etdi va ayol polisiyaga favqulodda vaziyatdan ikki soat o‘tgach borganini aytdi, matbuot ta’kidlaganidek, olti yoki yetti soat emas.
