Rossiya xorijiy razvedka xizmati raisi Shimoliy Koreyaga bordi

Rossiya xorijiy razvedka xizmati raisi Shimoliy Koreyaga bordi

Rossiya xorijiy razvedka xizmati raisi Sergey Narishkin xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Pxenyanga borgan. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat axborot agentligi xabariga tayanib, “TASS” nashri ma’lum qildi.

Manbada aytilishicha, razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin dushanbadan chorshanbagacha bo‘lgan davrda Shimoliy Koreya davlat xavfsizlik vaziri Ri Chang Dae bilan uchrashgan. Suhbat mavzusi ikki tomonlama xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish borasida bo‘lgan.

“Rasmiylar dushman kuchlarning tobora ortib borayotgan josuslik va fitna harakatlariga qarshi kurashish uchun hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qildi”, — deyiladi Shimoliy Koreya rasmiylari e’lon qilgan bayonotda.

Bir qancha xorijiy nashrlar bu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi e’lon qilingan sanksiyalarga qarshi chora topish va qurol-yarog‘ borasida hamkorlikni kengaytirish bo‘lishi mumkinligini yozgan. Yopiq suhbat tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!