Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi: "Rossiya millatchilikni 100 foiz yo‘q qilishni maqsad qilgan"

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi: "Rossiya millatchilikni 100 foiz yo‘q qilishni maqsad qilgan"

Rossiya Ukrainadagi maxsus operasiyani tezroq tugatishga emas, nasizmni 100 foiz yo‘q qilishga harakat qilayapti, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev "AiF" nashriga bergan intervyusida.

Kotib muxbirning ayrim fuqarolarning Ukrainadagi maxsus operasiya muddatlari uzayib ketayotganidan xavotirga tushayotgani haqidagi savollarga qo‘yidagicha javob berdi:

"Biz belgilangan muddatda operasiyani tugatishga intilmayapmiz. Nasizmni yo 100 foizga yo‘q qilish kerak, yoki u bir necha yildan so‘ng yana ham xunuk ko‘rinishda boshini qayta ko‘taradi", dedi Patrushev.

"Tarixni esga olsangiz hammasini darhol tushunasiz, dedi Patrushev. - Postdam anjumanida SSSR, AQSh va Angliya nemis militarizmi va nasizmini butunlay yo‘q qilish to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi. Denasifikasiya - nasist jinoyatchilarni jazolash bilan bir qatorda, irqi, millati, tili, dini, siyosiy e’tiqodiga ko‘ra kamsitishni qonuniylashtirgan Uchinchi Reyx qonunlari bekor qilish, millatchi va militaristik ta’limotlarni maktab dasturidan olib tashlash va boshqa qator jiddiy choralarni nazarda tutgan edi".

“Mamlakatimiz 1945 yilda shunday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan edi. Biz hozir ham , Ukrainani neonasizmdan tozalar ekanmiz ana shunday maqsadlarni qo‘ymoqdamiz”, - deydi bosh kotib. Angliya va AQSh esa, o‘sha vaqtda SSSR tomonida bo‘lgan bo‘lsa, bugun - butunlay boshqa pozisiyada. Ular nasizmni qo‘llab-quvvatlab, dunyoning aksariyat mamlakatlariga qarshi tajovuzkorlik bilan harakat qilishmoqda".

G‘arbdagilar Ukrainada millatchilar borligiga ishonmayotgani haqidagi xabarlarga Patrushev quyidagicha javob berdi:

“Ehtimol, g‘arbliklar o‘z ko‘chalarida shafqatsiz ukrainalik bezorilar paydo bo‘lmagunicha o‘zlarining pushtirang ko‘zoynagini yechmaydi”, — dedi u. Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibining fikricha, bu nafaqat Yevropada sodir bo‘lishi mumkin.

Xavfsizlik Kengashi kotibi, yaqinda Amerikaning Buffalo shahrida sodir bo‘lgan ommaviy qotillikni esga oldi. "Men amerikaliklardan so‘ramoqchiman, supermarketda odamlarni otgan neonasist va Donbassning tinch aholisini yillar davomida kamsitib, kelgan "Azov" jangarilari o‘rtasidagi qanday farq bor?", - dedi Patrushev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!