Rossiya TIV Moskva va Vashington o‘rtasida muloqot o‘tkazish shartlarini aytdi

Rossiya TIV Moskva va Vashington o‘rtasida muloqot o‘tkazish shartlarini aytdi

Keyingi vaqtlarda rasmiy Moskva kelishuv va muloqotlar borasida tez-tez bayonotlar bermoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yadro qurollarini tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori Vladimir Yermakov Rossiya Federasiyasi va AQSh o‘rtasida qat’iy barqarorlik bo‘yicha haqiqiy muloqot shartini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Vashingtonda adekvat sherik bo‘lsa va xavfsizlik sohasida Moskvaning “qizil chiziqlari” kesib o‘tilmasa buning iloji bo‘ladi. Bu haqda diplomat RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Agentlik suhbatdoshining qayd etishicha, Rossiya hech qachon muloqotdan bosh tortmagan. Biroq, u aytgan shartlarga rioya qilish uchun Qo‘shma Shtatlar tenglik tamoyillari asosida jiddiy suhbatga "pishishi" kerak.

Avvalroq Pentagon Rossiya va Amerika o‘rtasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotni davom ettirish o‘ta muhimligicha qolayotganini aytgan edi.

14 noyabr kuni Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin bilan uchrashish uchun Turkiyaga uchib keldi. Vashingtonning ta’kidlashicha, muzokaralar "AQSh va Rossiya o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolish"ga bag‘ishlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!