Rossiya Slavyanskka raketa hujumi uyushtirdi, qurbonlar bor

Rossiya Slavyanskka raketa hujumi uyushtirdi, qurbonlar bor

Rossiya qo‘shinlari Slavyansk markaziga raketa hujumi uyushtirdi, natijada 2 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi yaralandi, dedi Donesk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko.

Unga ko‘ra, Rossiya harbiylari ikkita S-300 raketasini uchirdi. Bosh prokuraturaning xabar berishicha, portlash oqibatida oltita xususiy uy, uchta ko‘p qavatli uy va 15 ta avtomobil zarar ko‘rgan.

Kirilenkoning qayd etishicha, qutqaruv operasiyasi hali tugamagan, qurbonlar haqidagi ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.

Donesk viloyati Kramatorsk tumanidagi Drujkovka shahridagi bolalar uyiga yana ikkita raketa tushdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar uyi deyarli butunlay vayron qilingan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, voqea joyida qutqaruvchilar guruhi ish olib bormoqda. Vayrona qoldiqlarini tozalash davom etmoqda.

"Dushman bilishi kerak: Ukraina xalqimizning qiynoqlarini kechirmaydi, bu o‘lim va yaralarni aslo unutmaydi. Barcha rossiyalik terrorchilar mag‘lub bo‘ladi. Bu tajovuzda ishtirok etgan har bir kishi javobgarlikka tortiladi", deb yozgan prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!