Rossiya Qozog‘istondan zaharli raketalarni uchirishni so‘radi

Rossiya Qozog‘istondan zaharli raketalarni uchirishni so‘radi

Rossiya tomoni Qozog‘istondan 2025 yildan keyin Bayqo‘ng‘ir kosmodromidan «Proton» raketalarini uchirishga ruxsat berishni so‘ramoqda, garchi ilgari ushbu raketalarning barcha uchirilishi shu yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Ushbu raketalarning yoqilg‘isi juda zaharli hisoblanadi, deb ta’kidlaydi Orda.

Rossiyada bu raketalar hali ham bor, chunki ba’zi mijozlar ularni tashlab ketishgan. Endilikda Roskosmos ichki va tashqi bozorlarda yangi mijozlarni qidirmoqda.

Proton yoqilg‘isi juda zaharli, shuning uchun 2025 yildan keyin uchirilishi uchun Qozog‘iston hukumatining maxsus ruxsati talab qilinadi.

2023 yilda ikki davlat o‘rtasida «Roskosmos» sho‘ba korxonasining 13,6 milliard tengega yetgan qarzi tufayli keskinlik yuzaga kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!