Rossiya fuqarolari O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan turish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi hukumati o‘rtasida 2021 yilni 17 iyunda Toshkent shahrida hamda 2021 yilning 21 mayda Moskva shahrida imzolangan bitimga ko‘ra, bir tomon davlat hududida vaqtincha bo‘lib turgan boshqa tomon davlatining fuqarolari 15 kungacha mobaynida kelish davlatining vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashlari mumkin.
Rossiya Federasiyasi fuqarosi O‘zbekiston hududiga chegara nazorati organlarining chegara nazorati organlari tomonidan pasportga qo‘yiladigan belgi (chegara sana shtampi) bilan kirgan kundan boshlab O‘zbekiston hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lish muddati 3 kundan 15 kungacha etib belgilandi.
Xuddi shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya davlatida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 7 kundan 15 kungacha uzaytirildi. Agar 15 kundan ortiq muddatga qolish istagi bo‘lgan mehmonlar belgilangan tartibda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.