Ronaldu so‘nggi 15 yilda «Yuventus»da hech bir futbolchi erishmagan natijani qayd etdi

Ronaldu so‘nggi 15 yilda «Yuventus»da hech bir futbolchi erishmagan natijani qayd etdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 20-turidan o‘rin olgan «Parma»ga qarshi o‘yinda (2:1) dublga erishdi.

Shu tariqa 34 yoshli hujumchi Italiya chempionatida qatorasiga 7ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Opta Sports'ning yozishicha «Yuventus»da so‘nggi bor bunday natijani 2005 yilda David Trezege qayd etgandi. Fransiyalik hujumchi ham ketma-ket 7ta bahsda to‘p kiritgandi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu bu mavsumda A Ceriya to‘purarlar poygasida 16ta gol bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ro‘yxatni 23ta gol bilan «Lasio» hujumchisi Chiro Immobile boshqarib turibdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!