Ronaldu har safar "MYu"ning asosiy tarkibiga kiradimi?

Ronaldu har safar "MYu"ning asosiy tarkibiga kiradimi?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Krishtianu Ronalduning doim asosiy tarkibda o‘ynashi borasidagi savolga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik forvard Manchester klubiga qaytishidan so‘ng ilk o‘yinda dubl qayd etdi.

"Krishtianu o‘zi haqida juda ham g‘amxo‘rlik qiladi, shu sabab uning tezda tiklanib ketishini bilardim, shu bilan birga u mavsumoldi mashg‘ulotlarni ham o‘tkazgan.

Seshanba kuni "Yang Boyz" bilan o‘yin o‘tkazamiz. Ko‘ramiz, qanday yo‘l tutarkanmiz. Ammo, Ronalduni tarkibga kiritmaslik imkonsiz ish emas. U 36 yoshda, Grivud - 19. Bu yerda menga farqi yo‘q. Men ikkisiga ham daqiqalarni bo‘lib berishim kerak", - deydi Sulsher.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!