Rossiyaning “RJD Logistika” vaO‘zbekistonning “UTI Transit” kompaniyalari “RZDL TRANSSERVICE GROUP” MCHJ nomli qo‘shma korxona tashkil qilishdi.
Qo‘shma korxona O‘zbekiston hududida joylashgan bo‘ladi va Moskva–Toshkent–Moskva, Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston, Qozog‘iston – O‘zbekiston – Qozog‘iston; Moskva – Toshkent – Dushanbe yo‘nalishlarida mijozlar va yuklar sonini oshirishga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari yangi qo‘shma korxona Xitoydan Afg‘oniston va Pokistonga ochilayotgan yangi transport koridorlarida ishtirok etadi.
Qo‘shma korxona faoliyati doirasida “RJD Logistika” Moskva hududidagi temiryo‘l terminallarida yuklarni qabul qilish va jamlash, Rossiya va Qozog‘iston hududida fitting platformalari, avtonom refrijeratorli konteynerlar taqdim etish va servis xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
“UTI Transit” ham ushbu kabi xizmatlarni O‘zbekiston hududida ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Kelajakda yo‘nalishlar va xizmatlar sonini oshirish tomonlar kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi.
"Ishlab chiqaruvchilar tomonidan talab doimiy ravishda o‘sib bormoqda va bizning vazifamiz – “Agroekspress” loyihasi doirasida sifatli logistik yechimlar taqdim etish. Ushbu maqsadda biz o‘zimizning texnik imkoniyatlarimizni ham doimiy ravishda yaxshilab bormoqdamiz. Xususan 2021 yilda bizning kompaniyamiz avtonom refkonteynerlar sotib oldi va bu yil biz ularning sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqchimiz. Undan tashqari RJD logistika o‘simlik moyini fleksitanklarda jo‘natishni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu qo‘shma korxona davlatlarimiz orasida yuk tashishni oshirish hamda yuk yetkazib berishning ishonchli va optimal narxli kanalini ishga tushiradi” – dedi “RJD Logistika” AJ bosh birektori Dmitriy Murev.
Eslatib o‘tamiz RJD va O‘TY kelishuvlariga asosan 2021 yilda ilk bor “Agroekspress” loyihasi ish boshlagan edi. Unga ko‘ra agrosanoat kompleksi yuklari temir yo‘l transportida juda tez fursat ichida Rossiyadan O‘zbekistonga va O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladi. Birinchi marotaba ana shunday poyezd o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida Moskva – Toshkent – Moskva yo‘nalishida qatnov amalga oshirgan edi.
Bugungi kunda ana shunday qatnovlarni oyiga 2 marotaba tashkil etish va 40 ta qirq futli avtonom refrijeratorli konteynerlar hajmiga yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Undan tashqari Rossiya va O‘zbekiston hududlari orasida Rossiyadan haftasiga 5 yevrofura va O‘zbekistondan haftasiga 7 yevrofura miqdorida avtomobilda yuk tashish tashkillashtirishga kelishib olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.