Rim papasi Ukrainada tinchlik bo‘lishi uchun duo qilishga chaqirdi

Rim papasi Ukrainada tinchlik bo‘lishi uchun duo qilishga chaqirdi

Ukraina atrofida tobora kuchayib borayotgan tanglikdan xavotirlangan Rim papasi Fransisk nasroniylarni bu mamlakatda tinchlik uchun duo qilishga chaqirdi. Bu haqda u yakshanba kuni ma’lum qildi.

Papa «Ukrainada dunyoga yangi zarba berish bilan tahdid qiluvchi keskinlik kuchayib borayotganini» kuzatib borayotganini tan oldi, bu Yevropa xavfsizligiga ham tahdid solmoqda, deb yozadi «Interfaks».

Shu munosabat bilan Rim-katolik cherkovi rahbari «Barcha harakatlar va siyosiy tashabbuslar tomonlarning shaxsiy manfaatlariga emas, balki insonlar birodarligiga xizmat qilishi» uchun «Qodir Tangriga ibodat qilish»ga chaqirdi.

TASS eslatishicha, Rim papasi Frensisk bir necha bor Ukraina masalasini hal qilish bo‘yicha xalqaro muloqot tarafdori bo‘lgan va 2016 yilning bahorida u hattoki barcha Yevropa katolik cherkovlarida Ukrainadagi mojarodan jabr ko‘rgan aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ yig‘ishni e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!