Reuters: Britaniya Ukrainaga 50 million funt sterling miqdorida yordam beradi
Britaniya Ukrainaga 50 million funt sterling miqdorida yordam beradi.
"Britaniya hukumati Ukrainaga uskunalarni ta’mirlash va harbiy reabilitasiya markazini tashkil etish uchun 50 million funt sterling (taxminan 65 million dollar) miqdoridagi yangi yordam paketini taqdim etishini aytdi", — deb xabar bermoqda Reuters.
Tafsilotlari Vilnyusdagi NATO sammitida muhokama qilinadigan paket doirasida Buyuk Britaniya va G7 mamlakatlari Challenger 2 tanklari va 70 dan ortiq jangovar va logistika vositalari uchun Ukrainani qo‘shimcha minglab o‘q-dorilar bilan ta’minlaydi.
Dastur NATOning Ukrainaga keng qamrovli yordam paketi tomonidan moliyalashtiriladi va alyansning barcha mamlakatlari mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, deyiladi Britaniya hukumati bayonotida.
G7ning barcha a’zolari qo‘shma deklarasiyani imzolashi kutilmoqda. Hujjat yaqin yillarda ittifoqchilarning Ukrainani qanday qo‘llab-quvvatlashini belgilaydi.
"Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish yo‘lidagi taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash, rasmiy, ko‘p tomonlama va ikki tomonlama kelishuvlar hamda NATO a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi Prezident Putinga kuchli xabar yuboradi, shuningdek Yevropaga tinchlikni qaytaradi", — deya ta’kidladi Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak.
