Respublika rahbarlarining qishloqlarda yotib ishlashi o‘z samarasini bermoqda

Respublika rahbarlarining qishloqlarda yotib ishlashi o‘z samarasini bermoqda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Prezident maslahatchisi G‘.Mirzayev boshchiligidagi vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari tajriba sifatida tanlangan sharoiti og‘ir Oqqo‘rg‘on tumanida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

Respublika ishchi guruhi mas’ullari bevosita chekka hududlardagi qishloqlarda tunab, o‘sha yerda mahalla faollari va oqsoqollari bilan maslahatlashgan holda ko‘p yillik muammolarga yechim topishmoqda.

Shu kunga qadar Oqqo‘rg‘on tumanining 27 ta mahallasida 12 mingdan ziyod xonadon, 350 ta ijtimoiy soha ob’ektlari bevosita joyida o‘rganilib, jami 3 315 ta muammo aniqlandi. Ularning 914 tasi joyida hal etildi, 2 401 ta masala bo‘yicha hal etish chora-tadbirlari belgilandi.

Jumladan, uyma-uy yurish natijasida aniqlangan og‘ir sharoitdagi, boquvchisini yo‘qotgan 46 ta ijtimoiy qiyin ahvoldagi oilaning homiylik asosida ta’mirlash hamda issiqlik ta’minotini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, tibbiy ko‘rikda turli kasalliklar aniqlangan 754 nafar fuqarodan 100 nafari shifoxonalarga yotqizildi, 654 nafariga malakali mutaxassislar tomonidan ambulator sharoitda davolanish tavsiya etilib, kerakli dori-darmonlar yetkazildi. “Suti” mahallasida yashovchi ehtiyojmand fuqaro M.Egamberdiyevning bosh qismidagi o‘smasimon hosilasi shifokorlar guruhi tomonidan yuqori texnologik operasiya o‘tkazilishi natijasida to‘liq bartaraf etildi.

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tumannig 43 nafar fuqarosiga 1 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mikrokreditbank” tomonidan 19 nafar fuqaroga 382,2 mln. so‘m kredit berildi.

Moliya vazirligi tomonidan tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlariga – maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot birlashmasiga joriy ta’mirlash va zaur uskunalarni xarid qilish uchun qo‘shimcha 1,6 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.

Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 78-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatiga 4 turdagi sport anjomlari yetkazildi.

Tumandagi yo‘l, kommunikasiya tarmoqlari hamda infratuzilma holatigi alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ichki yo‘llarning jami 5 km qismi shag‘allashtirildi. Shundan, “Xosildor”, “Madaniyat”, “Xamzaobod” va “Navbahor” mahallalarida 2,1 km yo‘lga shag‘al yotqizildi. 540 metr yo‘l betonlashtirildi. Jumladan, “Madaniyat” mahallasida 50 metr, “Qo‘shtepa” mahallasida 120 metr yo‘lga beton yotqizildi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 133 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi. Shundan, “Jag‘alboyli” mahallasida 57 ta, “Madaniyat” mahallasida 41 ta, “Xosildor” mahallasida 35 ta tayanchlar yangilandi.

Ishlar davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!