Respublika Maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, tijorat banklarining ob’ektlardagi shoxobchalariga faoliyat yuritishi uchun ruxsat berildi. Ushbu qaror asosida bank infratuzilmalari aynan qaysi ob’ektlarda ishga tushirilmoqda va ularni ishlash tartibi qanday bo‘ladi?
✅Inqirozga qarshi kurashish Respublika Maxsus komissiyasining 2020 yil 24 apreldagi qaroriga asosan tijorat banklarining ob’ektlardagi shoxobchalari (kassalari)ga sanitariya-epidemiologiya talablari asosida faoliyat olib borishga ruxsat berildi.
?Joylardagi bank xizmatlariga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda, tijorat banki binosidan tashqarida joylashgan kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchalarining faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
?Ushbu infratuzilmalar qat’iy belgilangan sanitariya-epidemologiya talablari asosida karantin qoidalariga to‘liq rioya etgan holda, o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari lozim.
?Xususan, bank xodimlari va mijozlarning bank binosida bir-biridan kamida 2 metr oraliqda ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat olib borishlarini ta’minlash talab etiladi.
?Bankka tashrif buyuruvchilarni birma-bir tekshirish va antiseptik vositalar yordamida dezinfeksiyalash, shu jumladan, bank binosini ham belgilangan vaqt oralig‘ida dezinfeksiyalash lozim.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.