Rekord darajadagi qurg‘oqchilik Fransiyani ocharchilikka olib kelishi mumkin

Rekord darajadagi qurg‘oqchilik Fransiyani ocharchilikka olib kelishi mumkin

Evropada eng ko‘p mahsulot ishlab chiqaradigan Fransiyada hozirda rekord darajadagi qurg‘oqchilik kuzatilmoqda.

Fransiyada 50 kun ketma-ket yomg‘ir yog‘madi. Barcha qishloq xo‘jaligi misli ko‘rilmagan darajada falokat yoqasida. Qurg‘oqchilik bu yil ekilgan hamma narsani quritib yubormoqda.

Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron ham muammo haqida gapirdi.

"Inqiroz bo‘ladi, oziq-ovqat tanqisligi bo‘ladi, biz buni tushunamiz. Lekin bu hozir esa, bir yarim yildan keyin yuz berishi kutilmoqda", - dedi Makron.

Ammo fransiyalik iqtisodchilarining fikricha, bu ancha tezroq sodir bo‘lishi mumkin.

"O‘rim-yig‘imning yo‘qolishi o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish bo‘lib, non narxiga va butun oziq-ovqat zanjiriga keskin ta’sir qiladi. O‘ylaymanki, yozda biz muammolarga, jiddiy muammolarga duch kelamiz" - dedi Fransiya shimolidagi agrosanoatchilar qo‘mitasi rahbari Kristian Durlin.

Oziq-ovqat va suvning to‘liq tanqisligi tahdidi fonida hukumat maysazorlar, bog‘lar va shaxsiy bog‘larni sug‘orishni taqiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!