“Real” yulduzlarini qattiq tanqid qilindi

“Real” yulduzlarini qattiq tanqid qilindi

“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel “Real”ning tajribali o‘yinchilaridan Nacho Fernandes, Dani Karvaxal, Toni Kroos va Luka Modrichni tanqid qildi.

- Toni Kroos, Nacho Fernandes, Dani Karvaxal va Luka Modrich kabi o‘yinchilar Yevropa Chempionlar ligasini besh martadan yutganini ko‘rish adolatsizlik. Chunki ular o‘zlari o‘ynayotgan pozisiyada eng zo‘r futbolchilar emas.

Sovrinlar soni odamni chalg‘itishi mumkin. Men bu futbolchilarning pozisiyasida ulardan kuchli bo‘lgan kamida o‘nta o‘yinchining nomini keltirishim mumkin.

Bu gal Chempionlar ligasida “Borussiya” g‘olib chiqishini istayman, chunki ular bunga ko‘proq munosib, - dedi Jon Obi Mikel.

Evropa Chempionlar ligasining final uchrashuvi 1 iyun kuni Londondagi “Uembli” arenasida bo‘ladi. Unda “Real” va “Borussiya” bosh sovrin uchun kurashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!