"Real Madrid" rasmiy saytida Yevropa Superligasi masalasida UYEFA bilan kelishib olganligi haqida xabar berildi. Madrid klubi avvalroq ushbu turnirni tashkil etish zarurligi g‘oyasini eng faol ilgari surgan edi.
"UYEFA, Yevropa futbol klublari va Madridning "Real" klubi Yevropa klublari futboli foydasiga kelishuvga erishdi.
Evropa futboli manfaatlari yo‘lida olib borilgan bir necha oylik muhokamalardan so‘ng UYEFA, Yevropa futbol klublari assosiasiyasi (EFC) va Madridning "Real" klubi klublarning uzoq muddatli barqarorligi va texnologiyalardan foydalanish orqali muxlislarning taassurotlarini yaxshilashga e’tibor qaratgan holda Yevropa klublari futbolining farovonligiga hissa qo‘shadigan tamoyillar bo‘yicha kelishuvga erishilganini e’lon qiladi.
Ushbu prinsipial kelishuv Yevropa Superligasi bilan bog‘liq yuridik nizolarni ushbu tamoyillar amalga oshirilib, hayotga tatbiq etilgandan so‘ng hal qilishga ham xizmat qiladi", - deyiladi "qaymoqranglilar" xabarida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Туркияда ҳукмрон Адолат ва тараққиёт партиясида ёпиқ эшиклар ортида амалдаги президент Ражаб Тоййип Эрдўғаннинг вориси сифатида унинг ўғли — Билал Эрдўған кўрилиши мумкин бўлган вариант муҳокама қилинмоқда. Бу ҳақда Bloomberg манбалари хабар бермоқда.