Turkiyada hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasida yopiq eshiklar ortida amaldagi prezident Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning vorisi sifatida uning o‘g‘li — Bilal Erdo‘g‘an ko‘rilishi mumkin bo‘lgan variant muhokama qilinmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalari xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, hokimiyat tranziti masalasi Erdo‘g‘an qonunga binoan 2028 yilda lavozimni tark etishi kerakligi fonida yanada faol muhokama etila boshlagan. U faqat muddatidan oldingi saylovlar o‘tkazilsa yoki konstitusiyaga o‘zgartish kiritilsa, yana nomzodini qo‘yishi mumkin. Shu bilan birga, prezident oilasi va partiya rahbariyati, ta’kidlanishicha, uning hokimiyatini yana besh yilga saqlab qolishdan manfaatdor, bu esa vakolatlarni o‘g‘liga bosqichma-bosqich topshirishga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Bloomberg amaldagi ichki siyosiy va xalqaro vaziyatni bunday ssenariy uchun «qulay» deb atagan, biroq u kafolatlangan emasligini ta’kidlagan.
Avvalroq The Economist Erdo‘g‘anning ehtimoliy to‘rt vorisini sanab o‘tgan edi — Bilal Erdogan, kuyovi Selchuk Bayraktar, tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va sobiq tashqi ishlar vaziri Sulaymon Soylu.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Ижтимоий тармоқларда "Кийим-кечак дўкони рекламаси одоб-ахлоқ меъёрларига мос келмайдиган тарзда жойланиб, миллий ва оилавий қадриятларга зид образ ва ибораларда берилгани...” жамоатчилик томонидан кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.
Туркияда ҳукмрон Адолат ва тараққиёт партиясида ёпиқ эшиклар ортида амалдаги президент Ражаб Тоййип Эрдўғаннинг вориси сифатида унинг ўғли — Билал Эрдўған кўрилиши мумкин бўлган вариант муҳокама қилинмоқда. Бу ҳақда Bloomberg манбалари хабар бермоқда.
Учрашувда Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида олий даражадаги ўзаро ишонч ва яқин мулоқотга асосланган муносабатлар анча жадал ривожланиб бораётгани мамнуният билан қайд этилди. Қувонарлиси, 2025 йил икки томонлама ҳамкорлик учун муҳим ва самарали босқич бўлди.