Janubiy Koreyada millionerlar soni kamayib bormoqda
Janubiy Koreya meros soliqlarining qat’iy tizimi tufayli badavlat fuqarolarning ommaviy ravishda mamlakatni tark etishi kuzatilayotgan davlatlar qatoriga kirdi, deb xabar beradi AZERTADJ.
Britaniyaning Henley & Partners konsalting kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi tahlil shuni ko‘rsatdiki, o‘tgan yili Janubiy Koreyani 2400 millioner tark etgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilda ro‘yxatga olingan 1200 millionerdan ikki baravar ko‘p. Shunday qilib, Janubiy Koreya millionerlarning ketishi bo‘yicha dunyoda Buyuk Britaniya, Xitoy va Hindistondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi South China Morning Post.
“Kapital migrasiyasining tezlashishining asosiy sababi Koreyadagi meros solig‘i stavkasining yuqori bo‘lishi bo‘lishi mumkin. U 60 foizgacha yetadi”, — dedi Koreya Savdo-sanoat palatasi (KCCI) vakili.
Milliy assambleya dunyodagi eng yuqori meros solig‘i stavkasini pasaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilishni vaqtincha to‘xtatganligi sababli, biznes hamjamiyati 2072 yilga kelib Koreyaning meros solig‘i daromadi 35,8 trillion vonga (taxminan 25 milliard AQSh dollari) yetishi mumkinligini taxmin qiladi. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich 9,6 trln vonni tashkil etgan.
Bu prognoz soliqqa tortiladigan shaxslar sonining barqaror o‘sishi bilan bog‘liq. Bu qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarning bir necha bor kechiktirilishi va odamlarning umr ko‘rish davomiyligining oshishi bilan bog‘liq.
KCCI hukumatni yirik kompaniyalarni meros qilib oluvchi shaxslarga meros solig‘ini 20 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berishga chaqirdi. Hozirda bunday imkoniyat faqat kichik va o‘rta biznes merosxo‘rlari uchun taqdim etiladi. Va jismoniy shaxslardan yoki yirik konglomeratlar egalaridan aktivlarni meros qilib olganlar soliqni 10 yil ichida to‘liq to‘lashlari shart.
