Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokusso turmush o‘rtog‘ining sportcha hayot tarzi va tartib-qoidalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Erimning ishi o‘ziga xos bo‘lgani uchun u doimo parhezga amal qilishi kerak, shu sababli biz sog‘lom ovqatlanishga harakat qilamiz. Biz spirtli ichimliklar ichmaymiz va chekmaymiz. Hamma narsa organik bo‘lishiga intilamiz. Mashg‘ulotlar, ovqatlanish va ruhiy salomatlik — bularning barchasi bir-biri bilan bog‘liq. Bu shunchaki odat emas, bu — hayot tarzi», — deya Rokussoning so‘zlarini «The Touchline» nashri keltirmoqda.
Lionel Messi faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. O‘tgan kuzda argentinalik yulduz «Inter Mayami» bilan 2028 yilning oxirigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Messi Yevropadagi faoliyati davomida «Barselona» va «PSJ» klublarida to‘p surgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Туркияда ҳукмрон Адолат ва тараққиёт партиясида ёпиқ эшиклар ортида амалдаги президент Ражаб Тоййип Эрдўғаннинг вориси сифатида унинг ўғли — Билал Эрдўған кўрилиши мумкин бўлган вариант муҳокама қилинмоқда. Бу ҳақда Bloomberg манбалари хабар бермоқда.