Abduqodir Husanov to‘qnashuvdan so‘ng o‘zgartirilgan o‘yinda «Manchester Siti» «Liverpul» maydonida kambek qildi
Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 25-turidan o‘rin olgan «Liverpul» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Hakamning final hushtagi yangraganda, tabloda «shaharliklar»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.
O‘yinning 74-daqiqasida Dominik Soboslai hisobni ochib, mersisaydliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq 84-daqiqada Bernardu Silva javob to‘pini kiritib, muvozanatni tikladi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 90+3-daqiqada esa Erling Xoland penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, 61-daqiqada to‘qnashuvdan so‘ng Ruben Diashga almashtirildi.
Ushbu o‘yindan so‘ng mersisaydliklar 39 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. «Manchester Siti» esa 50 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 2-pog‘onasida joylashgan.
Keyingi turda «Liverpul» safarda «Sanderlend» bilan bahs olib boradi (11 fevral), «Manchester Siti» esa o‘z uyida «Fulxem»ni qabul qiladi (11 fevral).
Liverpul - Manchester Siti - 1:2
Gollar: Soboslai, 74 (1:0). Bernardu Silva, 84 (1:1). Xoland, 90 - penaltidan (1:2)
Liverpul: Alisson, van Deyk, Konate, Kerkez (Kyeza, 90), Soboslai, Makallister, Gravenberx, Virs, Gakpo (Djons, 85), Saloh, Ekitike
Manchester Siti: Donnarumma, Gexi, Abduqodir Husanov (Ruben Diash, 61), Ait Nuri, Mateus Nunes, Rodri, O`Rayli, Bernardu Silva, Marmush (Sherki, 61), Semenyo (Ake, 90), Xoland
Ogohlantirishlar: van Deyk, 47. Alisson, 90 - Marmush, 42. Gexi, 69. Bernardu Silva, 90. Xoland, 90
Chetlatish: Soboslai, 90
