Ramazon oyida duolar ijobat bo‘ladigan vaqtlar

A A A
Ramazon oyida duolar ijobat bo‘ladigan vaqtlar

Ramazon — cheksiz ne’matlar ato etuvchi va gunohlardan poklanish oyidir. Ramazon oyida Alloh taologa duolar ila iltijo qilish mo‘minning muhim ibodatlaridan biridir. Ramazon oyida Allohga yaqinlashtiradigan ibodatlarni qilganlar bandalarining gunohlarini Yaratgan albatta kechiradi.

Bu oyda eng afzal va eng samarali amallardan biri bu duo qilishdir. Shunday ekan, Ramazon oyida imkon qadar Alloh taologa duo qilish lozim.

Mo‘min duo qilganida boshqa foydalar bilan birga, o‘z duosi uchun katta ajr oladi, chunki muborak Ramazonda Alloh taolo ro‘za tutganlarning ibodatlarini rad etmaydi. Shuning uchun bu oyda har birimiz tez-tez duolar bilan Alloh taologa yuzlanishimiz kerak bo‘ladi.

Ramazon oyining istalgan vaqtida duo qilish mumkin va Alloh taolo ularni qabul qiladi. Biroq bu oyda ham shunday paytlar borki, bu vaqtda ibodatlar bilan Yaratganga murojaat qilinganda duolar qabul bo‘lish ehtimoli ancha ortadi:

1. Og‘iz yopiq vaqtda

Duo kechayu kunduz o‘qilishi kerak, zero, butun Ramazon oyi aynan duo oyidir. Biroq, Alloh taolo uchun ro‘za tutganlarning duosi qabul bo‘ladi, chunki ro‘za duosi rad etilmaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Uch kishining duosi qaytarilmaydi: ro‘zadorning iftor qilguniga qadar qilgan duosi, adolatli hukmdorning duosi va mazlumning duosi”. (Imom Ahmad, 8043; Ibn Moja, 1752; Termiziy, 3598; Ibn Hibbon, 3428).

Imom Navaviy bu haqda o‘zining “Al-Majmu’ Sharhul Muhazzab” kitobida shunday yozadi:

“Ro‘zador ro‘za tutgan vaqtida duo qilishi, oxirat va dunyoning muhim ishlarini Alloh taolodan so‘rashi tavsiya etiladi. Hatto o‘zidan tashqari barcha yaxshi ko‘rgan kishilari va barcha musulmonlar ehtiyoji uchun ham so‘rashi mumkin. Darhaqiqat, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam:

“Uch kishining duosi qaytarilmaydi: ro‘za tutganning duosi, toki u ro‘zasini buzmagunicha...», dedilar. Bu hadisni Termiziy va Ibn Moja rivoyat qilgan va Termiziy uni hasan hadis, degan.

Hadisdan anglashiladiki, ro‘zador kunning boshidan oxirigacha duo qilishi maqsadga muvofiq, chunki odam shu vaqt davomida (kunduzi butun kun davomida) ro‘za tutgan hisoblanadi.

2. Tong otgunga qadar

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Robbimiz tabaroka va taolo har kecha tunning oxirgi uchdan biri qolganda bu dunyo osmoniga tushadi. So‘ngra: "Kim Menga duo qiladi, Men uni ijobat qilsam? Kim Mendan so‘raydi, Men unga so‘raganini bersam? Kim Menga istig‘for aytadi, Men uning gunohlarini kechirsam», deydi». (Buxoriy, 7494; Muslim, 758).

Bu hadisning faqat Muslim tomonidan berilgan shaklida:

"... va bu tong otguncha davom etadi", deyilgan.

3. Iftorlik vaqti

Abdulloh ibn Amr ibn Al-Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim:

“Albatta shunday duo borki, agar ro‘zador iftor paytida u bilan Allohga tavba qilsa, rad etilmaydi”. Bu hadisni Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilgan Ibn Abu Mulayka Abdullohning iftorlik paytida shunday deganini eshitganligini qo‘shimcha qiladi:

«Allohim, men Sendan hamma narsani qamrab olgan rahmating ila meni mag‘firat qilishingni so‘rayman». (Ibn Moja, 1753; Ibn as-Sunniy, “Amal al-yavmi va al-layla”, 481)

Iftor chog‘ida mo‘min och, tashna va ojiz bo‘lib, o‘zining naqadar ojizligini anglab yetadi va qalbida tavoze’ bilan qilgan duosi qabul bo‘lishi ehtimoli ko‘proq.

4. Qadr kechasida

Har qanday ibodat kabi, bu kechada Alloh taologa duolar bilan murojaat qilish ming oy duo qilish bilan barobardir. Bunday duoning kuchini tasavvur qilib ko‘ring! Bu muborak kechada farishtalar yerga tushib, mo‘minlarni o‘rab oladilar va ularning har bir namozidan keyin «amin»ni takrorlaydilar.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Ey Allohning Rasuli! Ayting-chi, agar Laylatul qadr kechasi qaysi kecha ekanini bilsam, unda nima deyman?» dedim.

«Allohim! Albatta Sen afv qiluvchi va karamlisan. Afvni yaxshi ko‘rasan. Bas, meni afv qilgin», degin», dedilar». (Imom Ahmad, 35497; Ibn Moja, 3850; Termiziy, 3513; An-Nasoiy, “Amal al-yavmi va al-layla”, 876).

5. Qur’on o‘qishni tugatgandan keyin

Ramazon — Qur’on oyidir. Solih salaflar bu oyda Qur’on o‘qishga urg‘u berib, boshqa vaqtlarga qaraganda bu ibodatga ko‘proq e’tibor qaratganlar.

Shuning uchun Ramazon oyida imkon qadar tez-tez Qur’on o‘qishimiz tavsiya etiladi va Qur’on o‘qish (xatm) oxirida biz Alloh taologa o‘zimiz va oilamiz, qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz uchun barcha yaxshiliklarni tilab duolar bilan murojaat qilishimiz mumkin.

Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Anas ibn Molik roziyallohu anhu Qur’on o‘qishni tugatmoqchi bo‘lganlarida, oila a’zolarini yig‘ib, ular uchun duo qildilar». (Tabaroniy, «Al-Mu’jam al-kabir», 674; Ad-Dorimiy, 3517).

Ayni damda mo‘minning duosi bilan Alloh taoloning rahmati o‘rtasida hech qanday to‘siq yo‘q. Irboz ibn Sariya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Qur’onni to‘liq o‘qigan (xatm qilgan)ning duosi qabul bo‘ladi». (Tabaroniy, “Mujm al-kabir”, 647).

Ramazon oyida Allohga taologa ibodat qilishda mo‘min kishi jiddu jahd qilishi, ko‘proq duo qilib, siz eng muhim narsalarni so‘rashi lozim. Albatta so‘ralgan narsalarning barchasi oxiratimiz uchun foydali amallar bo‘lishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.