AQShda o‘zining qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldirish uchun taxminan $1 mlrd dollar qoldi

AQShda o‘zining qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldirish uchun taxminan $1 mlrd dollar qoldi

Qo‘shma Shtatlarda o‘zining qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldirish uchun taxminan 1 milliard dollar mablag‘ qoldi — Oq uy boshqaruv va byudjet boshqarmasi rahbari Shalanda Yang

"Byudjet nuqtai nazaridan, bizda o‘z qurol-yarog‘ zaxiralarimizni to‘ldirish uchun 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ bor. Bularning barchasi siyosiy qarorga bog‘liq. Dunyodagi vaziyat og‘irlashib borayotganligi uchun o‘zimizning jangovar tayyorgarligimizni xavf ostiga qo‘yishimiz kerakmi?", - dedi Yang CBS telekanalidagi chiqishida.

Uning ta’kidlashicha, AQSh o‘zining jangovar tayyorgarligini ta’minlash va ittifoqdoshlarini, jumladan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash o‘rtasida tanlov qilmasligi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!