Qo‘rqinchli maxluq: Shotlandiyada noma’lum jonivor skeleti topildi

Qo‘rqinchli maxluq: Shotlandiyada noma’lum jonivor skeleti topildi

Shotlandiya qirg‘oqlari yaqinida sirli mavjudotning qoldiqlari topildi. Aholi “Kiara” dovuli bu skeletni sohilga olib chiqqan deb ta’kidlamoqda.

Shotlandiya qirg‘oqlari yaqinida sirli mavjudotning qoldiqlari topildi.

Mahalliy aholi internetda bu topilmani qizqin muhokama qilmoqda. Ular “Kiara” dovuli skeletni sohilga olib chiqqan deb ta’kidlashmoqda.

Shu bilan birga, foydalanuvchilar topilma kelib chiqishi haqida bahslasha boshladilar. Ularning ba’zilari, bu Lox-Ness yirtqich maxluq qoldiqlari ekanligini aytishmoqda. Ular fikriga ko‘ra, maxluq dengizga suzib ketgan, biroq suvda yashay olmagan.

Biroq, boshqalar esa bu skelet kit yoki kosatkaga tegishli deb da’vo qilishmoqda.

Lox-Ness yirtqich maxluq birinchi marta VI  asrdagi Shotlandiya rohibining qo‘lyozmasida tilga olingan. Zamonaviy davrda Nessi - tanasi katta va uzun bo‘yinli jonzot dunyodagi eng ko‘p muhokama qilinadigan hodisalardan biriga aylandi.

Biroq bu jonivorning yashagani haqida ilmiy hujjat bilan tasdiqlanmagan.


Manb: sputniknews-uz.com


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!