Qo‘ng‘irotda Cobalt va «Gaz 53» to‘qnashdi va mashinalarning biri yonib ketdi

Qo‘ng‘irotda Cobalt va «Gaz 53» to‘qnashdi va mashinalarning biri yonib ketdi

Qo‘ng‘irot tumanida "Gaz 53" mashinasi yonib ketdi. Bu haqda #Kunmobilmuxbiri xabar berdi. Mobil muxbirga ko‘ra, voqea bugun tushlik vaqtida yuz bergan.

Holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani hokimligi rasmiy ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, voqea 23 noyabr kuni soat 14:00-15:00 oralig‘ida yuz bergan.

Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq yo‘lining 1 km qismida "Cobalt" "Gaz 53" mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada "Gaz 53" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in oqibatida "Gaz 53"ning salon qismi va oldingi ikki g‘ildiragi butunlay yonib ketgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, YTH natijasida hech kimga tan jarohati yetmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!