“Quddus yahudiylashtirilyapti”

“Quddus yahudiylashtirilyapti”

“Parlamentlararo Quddus platformasi” raisi Hamid Ahmar Quddus shahrining tobora yahudiylashtirilayotganini ta’kidladi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Hamid Ahmar Turkiyaning Istanbul shahrida Quddusga bag‘ishlab tashkil etilgan konfrensiyada so‘zga chiqdi.

“Quddus yahudiylashtirilyapti. Xalq fundamental huquqlaridan mahrum etilyapti. Mulklarini sotish olishni rejalashtirishyapti. Yahudiy yashovchilar har tomondan o‘rab olgan. Masjidi Aqsoga misli ko‘rilmagan hujumlar amalga oshirilyapti”, – dedi u.

Shuningdek, Hamid Ahmar AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganidan bir yil o‘tgan bo‘lsa-da, xalqaro hamjamiyat uni qo‘llab-quvvatlamaganini ta’kidladi. 

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!