Qrimning boy berilishi Ukraina shirkati uchun qanchaga tushdi?

Qrimning boy berilishi Ukraina shirkati uchun qanchaga tushdi?

Ukraina milliy neftgaz shirkati - Naftogaz Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi natijasida ko‘rgan zarari miqdorini ma’lum qildi — 8 mlrd dollar.  Bu haqda kompaniya o‘z Tvitter sahifasida ma’lum qilgan.

"Ushbu zarar tarkibiga kompensasiya puli kiritilmagan. Bu pullar kompaniyaning sof zarari hamda unga hisoblangan foizlardir", - deyiladi Naftogaz xabarida.

Kompaniya 2016 yilda oktyabrida bu masalani xalqaro Gaaga sudida ko‘targan edi. O‘shanda ukrain shirkati $2,6 mlrdni da’vo qilgan edi. Naftogazning hujjatlariga ko‘ra, Qrimda ularning “bir qator energoaktivlari” mavjud bo‘lgan.

2019 yilning qishida Gaaga sudi bu masala bo‘yicha ukrain shirkatini qo‘llab quvvatladi va Rossiyani aybdor deb topdi. Naftogaz xabariga ko‘ra, sud Rossiyaning xatti-harakatlari noqonuniy va "Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvni buzgan", deb qaror qilgan.

Ushbu ishni ko‘rib chiqishning birinchi bosqichi yakunlagan. Endi arbitraj “Naftogaz” yo‘qotishlari uchun kompensasiya miqdorini belgilashi kerak.

Sud jarayonida "Ukraina kompaniyasi tomonidan baholangan yo‘qotishlar miqdori" avval 5,2 milliard dollarga, keyin esa 7 milliard dollarga baholangan.

Naftogaz ijrochi direktori Yuriy Vitrenkoning xabar berishicha, Gaagadagi xalqaro arbitraj sudining yig‘ilishi 2020 yil oxirida yoki 2021 yilda bo‘lib o‘tadi.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!