Qozog‘istonlik shifokorlar bolaning oshqozonidan tikuv ignalarini olib tashladi

Qozog‘istonlik shifokorlar bolaning oshqozonidan tikuv ignalarini olib tashladi

3 yoshli bolakay kiyimning zamokini yutib yuborganligi haqida shikoyat bilan shifoxonaga yotqizildi. Ammo rentgenda tikuv ignalari ham ko‘rindi. Hammasi bo‘lib, kichkintoy 4 ta ignani yutib yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Shifokorlar bir necha kun davomida maxsus asbob-uskunalar yordamida jarrohlik amaliyotisiz muolaja o‘tkazdi. Hozirda yosh bemor sog‘, uyiga javob berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!