Qozog‘istonda O‘zbekistonning gidlar faoliyati tajribasi o‘rganildi

Qozog‘istonda O‘zbekistonning gidlar faoliyati tajribasi o‘rganildi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida shahar turizm va tashqi aloqalar boshqarmasi tomonidan seminar-trening tashkil etildi. Unda O‘zbekiston gidlar uyushmasi raisi, gidlar tayyorlash bo‘yicha milliy murabbiy Nargiza Salomova ham qatnashdi.

Joriy yilning 22–26 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan treningda Qozog‘istonning “KHANSHAIYM GROUP” korxonasi direktori Azamat Kalkabayev, «Visit Shymkent» turizm axborot markazi boshqarmasi rahbari Yerlan Umarov va boshqa mutaxassislar ham ishtirok etishdi.

Qozog‘istonda O‘zbekistonning gidlar faoliyati tajribasi o‘rganildi

Seminar-trening davomida Nargiza Salomova ekskursiya faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, gidlar uyushmasini tashkil etish hamda boshqa sohalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Ta’kidlash kerakki, Qozog‘istonda yo‘riqnomalarni tayyorlash va bu boradagi faoliyatni monitoring qilish tizimi o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ishtirokchilar bu tizimni O‘zbekiston tajribasi asosida takomillashtirish istagini bildirdilar.

Qozog‘istonda O‘zbekistonning gidlar faoliyati tajribasi o‘rganildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!