Qozog‘istonda 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Qozog‘istonda 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.

15 iyun kuni Jambul tumanidan o‘tuvchi “Olmaota-Toshkent” avtomobil yo‘lining 545 km. da trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasida yong‘in chiqqan.

Buning natijasida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan va bu yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yo‘lovchi tashish avtobusi va 1 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida bu avtotransport vositalarida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan va ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan.

Hozirda ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!