Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli mol olib chiqishni taqiqladi

Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli mol olib chiqishni taqiqladi

Qozog‘iston Qishloq xo‘jalik vazirligi mamlakatdan katta va kichik qolramol olib chiqishni ta’qiqladi. Sabablardan biri - O‘zbekistonga olib chiqilayotgan mollarni nazorat qilish imkoni yo‘qligi, deyilgan vazirlik buyrug‘ida

Ta’qiq 6 oy muddatga kiritilgan bo‘lib va u asosan yirik qoramol, bir yoshgacha va undan katta urg‘ochi buzoqlar, sigirlar, qo‘y va echkilarni olib chiqishga qarshi kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sentyabr oxirida Qozog‘iston bolali sigirlarni olib chiqishni ta’qiqlagan edi.

O‘shanda Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili O‘zbekistonga mollar asosan Qozog‘istondagi 78 ta ozuqlantirish bazasidan olib chiqilayotganini va ularning barchasini nazorat qilish imkoni yo‘qligi tufayli, vazirlik 50ta ozuqlantirish bazasiga qoramol eksportini ta’qiqlashga qaror qilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha qozog‘istonlik fermerlar ommaviy ravishda mollarini O‘zbekistonga olib chiqib ketishmoqda, chunki u yerda sotish ko‘proq daromad keltiradi. Buning oqibatida esa Qozog‘istonda go‘sht defisiti paydo bo‘lgan va go‘sht narxi keskin oshgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!