Qozog‘iston O‘zbekiston mevalarini olishdan voz kechdimi?

Qozog‘iston O‘zbekiston mevalarini olishdan voz kechdimi?

2019 yil 19 fevraldan Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalaridan kiritiladigan mahsultlarga fitosanitar normalari ko‘rinishida cheklovlarni joriy etdi, deb xabar qildi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Xususan, Qozog‘iston O‘zbekiston anorini, Qirg‘iziston kartoshkasi (urug‘ligini ham), olmasini va xurmosi kiritilishiga ta’qiq qo‘ygan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, oxirgi vaqtlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalaridan kiritilayotgan mahsulotlar, xususan, olma, xurmo hamda anorda Komstoka zararkunandasi, kartoshkada esa oltinrang kartoshka nematodasi singari karantin ob’ektlari aniqlanishi holatlari ko‘plab uchramoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan oxirgi oyda 2 holatda Komstoka qurti bilan zararlangan anorlarni olib kirish holati ro‘yxatga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!