Qozog‘iston Senati Nursulton Nazarboyevni umrbod raislik huquqidan mahrum qildi

Qozog‘iston Senati Nursulton Nazarboyevni umrbod raislik huquqidan mahrum qildi

Bugun Qozog‘iston parlamentining Senati (yuqori palatasi) qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritdi. Unga ko‘ra respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik kengashi va Qozog‘iston xalqi assambleyasiga umrbod raislik huquqi bekor qilindi, deb xabar beradi «TASS».

Avvalroq, 19 yanvar kuni ushbu tuzatishlar parlament quyi palatasi – Majilis tomonidan ma’qullangan edi. Endi ularni davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida Nazarboyev respublikani qamrab olgan tartibsizliklar vaqtida Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi rahbari vakolatlarini unga topshirgan edi. Shuningdek, Nazarboyevning yaqinlari yuqori lavozimlaridan ayrildi, sobiq prezidentning o‘zi esa vatandoshlar va OAV nazaridan g‘oyib bo‘ldi va yaqinda o‘zi haqida xabar berib, u tirikligi va Qozog‘istonni tark etmagani haqida xabar berdi.

Shu bilan birga, joriy yilning 20 yanvarida Qozog‘istonning birinchi prezidenti respublika Konstitusiyaviy kengashi a’zosi bo‘lish, shuningdek, hukumat va parlamentda so‘zlash huquqini saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!