Qoyil! Kamsitib kelingan musulmonlar koronavirusga qarshi kurashda yordamga tayyor

Qoyil! Kamsitib kelingan musulmonlar koronavirusga qarshi kurashda yordamga tayyor

Myanma musulmonlari shu paytgacha muntazam ravishda kamsitishlarga uchrab kelgan bo‘lsa-da, koronavirusga qarshi kurashda o‘z yordamlarini taklif etmoqda. Bu haqda “azon.uz” xabar tarqatdi. 

“Myanmada mingdan ortiq masjid va bir nechta islomiy maktablar bor. Bundan tashqari, tadbirkor musulmonlarga qarashli mehmonxonalar, uylar va binolar ham bor. Virusga qarshi kurashda ulardan foydalanish mumkin”, – deydi Islomiy ishlar kengashi raisi Tin Mong Txan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, musulmonlar mahalliy va markaziy hukumatga xabar yo‘llab, o‘zlariga qarashli binolardan kasalxona va karantin punkti sifatida foydalanilishiga roziliklarini bildirishgan. 

“Hozir bir-birimizga yordam berish vaqtidir. Birlik orqali bu vaziyatni yenga olamiz”,  – dedi Tin Mong Txan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!