Qoraqalpog‘istonlik 32 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Qoraqalpog‘istonlik 32 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni topshirildi

21 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri A.Ayapov raisligida navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga vazirlik rahbariyati, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari hamda maktab direktorlari ishtirok etdi.

Hay’at yig‘ilishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov ochib berdi. Dastlab yig‘ilishda bir guruh pedagog xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonini o‘qituvchilarga shaxsan o‘zi topshirdi. Jami 32 nafar o‘qituvchi mazkur ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.

Sovrindor o‘qituvchilar xalq ta’limi sohasida barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida fidokorona mehnatlari hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shganlari uchun taqdirlandi.

Shuningdek, Hay’at yig‘ilishining kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir A.Ayapov xalq ta’limi tizimida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida belgilab bergan vazifalar bo‘yicha 2020 yilda amalga oshiriladigan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, yig‘ilishda ta’limni boshqarish va sifatini oshirish hamda xalqaro baholash tadqiqotlarida mamlakatimizning ishtiroki masalalari ham muhokama yetildi. O‘z o‘rnida aytish joizki, 2021 yilda Respublikamiz ilk bor PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi.

Mazkur tayyorgarlik jarayoniga ham diqqat qaratish kerakligi aytib o‘tildi. Qolaversa, joylarda ta’lim sifati bo‘yicha muammolar haqida gapirib o‘tildi. Joylarda o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi va malakasini oshirishga katta ahamiyat berilmayotganligi ta’kidlandi. Tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ta’lim sifati past bo‘lgan tumanlarning muammolarini o‘rganish va kerakli choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi. Ba’zi tumanlarda oliy ma’lumotli o‘qituvchilarni ishga jalb qilishda muammolar borligi qayd yetildi. Shuningdek, vazir A.Ayapov o‘tgan o‘quv yili yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoringi, fan olimpiadasida o‘quvchilarning o‘zlashtirishida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha aniq, samarali usullar tug‘risida ham gapirdi. Jumladan, o‘qituvchining darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishiga erishish, ta’lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan unumli foydalanish, fan metodbirlashmalari va metodika kengashlari faoliyatini kuchaytirish, yosh pedagoglarga metodik ko‘mak berilishini yo‘lga qo‘yish, XTXQTMOI bilan hamkorlik o‘rnatib, metodik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bӯyicha bildirilgan fikr-mulohazalar ijobiy qabul qilindi.

Shu bilan birga 2018-2019 o‘quv yili yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish natijalari tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilish doirasida ba’zi tuman mudirlari lavozimlariga loyiqligi masalasi yoki intizomiy jazo ko‘rish topshirig‘i berildi.
Yig‘ilishda ta’lim sifatini oshirish, 2019-2020 o‘quv yilida 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Manba: "Kar24.uz"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!