Qoraqalpog‘istonda qizni o‘g‘irlab, turmush qurishga majburlagan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda qizni o‘g‘irlab, turmush qurishga majburlagan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ma’lum bo‘lishicha, Nukus shahar sudiga ariza kelib tushgan. Unda keltirilishicha, B.ismli yigit tanishlari bilan G. ismli qizni nikohdan o‘tish maqsadida majburan o‘g‘irlab ketgan.

Nukus shahar Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 136-moddasi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish sudda ko‘rib chiqilib, B. va sheriklari aybli deb topilgan. Jinoyat davomida foydalanilgan «Nexia» rusumli avtomobil davlat foydasiga musodara qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!