Qor odam… bor odam(mi?) Nega uni tutisholmayapti?

Qor odam… bor odam(mi?) Nega uni tutisholmayapti?

Sirli belgilar, sindirilgan daraxtlar, shox-shabbalardan yasalgan piramidalar O‘rmonlarda ularni kim, nima maqsadda qoldiradi?

AiF (2019 y. 10-son) haftanomasining Xalqaro gominologiya markazi direktori, tarix fanlari nomzodi Igor Bursev bilan suhbati qor odam bilan bog‘liq hodisalar haqida bo‘ldi.

Yo‘q narsadan energiya

- Igor Dmitriyevich, rostini ayting, siz o‘zingiz qor odamni ko‘rganmisiz?

- Ha, uch marta ko‘rganman. Ya’ni u yonimdan o‘tib borayotganda 5 metrlar chamasi naridan kuzatganman. Bu AQShning Missuri va Michagan shtatlarida ro‘y bergandi. Men Amerikada Yeti (ular qor odamni shunday atashadi. Tarj)ni qidirayotgan tadqiqotchilar huzuriga mehmon bo‘lib borgandim. Bir kuni ularnikida tunab qoldim va devor ortida uni o‘tib borayotganiga ko‘zim tushdi.

- Ular men bilan hazillashyapti, deb o‘ylamadingizmi?

- Hazillashadigan hech kim yo‘q edi. Bu ertalab soat 5 da bo‘lgandi, beka bolalari bilan ikkinchi qavatda uxlashardi. Men esa pastda oynavand eshik ro‘parasida divanda yotgandim. Balandligi 180 sm (uni keyin o‘lchab ko‘rdim) devar osha uning bosh qismini ko‘rdim. Bilasizmi, AQShda uni qancha odam ko‘rgan? Rasmiy qayd etilganlarining o‘zi 40 ming nafar. Bu qor odamni o‘rganayotgan AQSh VFRO ilmiy-tadqiqot tashkilotining statistik ma’lumoti.

- Amerikaliklar juda ta’sirchan va ishonuvchan. Odamlar yolg‘on gapirgan bo‘lishi ham mumkin.

- 40 ming kishi yolg‘on gapiradimi? To‘g‘risini aytadigan kimdir albatta topiladi. Qor odamni kuzatish geografiyasi kengayib bormoqda. Ispaniya, Fransiya, Angliya, Irlandiya, Shvesiyadan xabarlar kelib turibdi. U yerlarda qor odam qoldirgan qurilmalar va uning izlarini topishyapti.

- Bu qanaqa qurilma bo‘ldi?

- Daraxt va shoxlardan qurilgan piramidalar. Chaylalar, sindirilgan daraxtlar. Ushbu mavjudot aql bovar qilmas kuchga ega. Shoxlarni shunaqangi egib, burab kapa quradiki, baquvvat odamning ham qo‘lidan kelmaydi bu.

Qozog‘istonda ana shunday qurilmada biz lamopchkani yoqishga muvaffaq bo‘ldik. Bitta simni piramidaning tepasiga uchi atrofiga o‘radik, boshqa simni ostiga yerga qo‘ydik. Va chiroq yondi. Bu nima degani? Bu qor odam atrof-muhitdan energiya olishni biladi degani (buning mumkinligini o‘tgan asrning 40-yillarida Nikola Tesla-fizik olim ham isbotlagan edi).

Vyatka o‘rmonlarida biz ulkan tanaga ega daraxtlar mohirona egilib, shoxlari bir-biriga chirmashtirilib, osma oshyon yasalganini ko‘rdik. Aql bovar qilmas kuch talab qiladigan bu inshoot ularga nimaga kerak?

Avvaliga biz ular o‘z hududlarini shu tariqa belgilab qo‘yishadi, deb o‘yladik. Keyin esa ular shu usulda bir-biriga xabar uzatadi, ehtimol bizga ham degan xulosaga keldik.

Fan nega jim?

- Aytingchi, uzoq vaqtdan buyon qor odamni qidirish olib borilayotgan bo‘lsada, nega hozirgacha uni tutisholmayapti? Hech bo‘lmasa jasadi topilmayapti?

- Gominoidlar o‘zlarini fosh qilishdan qochishyapti. Aftidan ommaviy ovlanishdan xavfsirashmoqda. Jasadga keladigan bo‘lsak ular dafn qilinadi. Yoki g‘orlarga yashiriladi. Shunga qaramasdan, kamdan-kam hollarda bo‘lsada, jasadlari topilgan. Misol uchun, 1962 yilda Mo‘g‘ulistonda topilgan. Ammo bizning akademiklar topilmani tadqiq qilishdan bosh tortishgan. Uni Polshaga jo‘natishgan. Antropolog Plavlinskiy jasad bosh chanog‘iga qarab uning qiyofasini yaratdi. Uninrg yasagan byustini 1976 yili Ulan-Batorda o‘zim ko‘rganman. Biroq shundan keyin qor odam bilan bog‘liq voqealar, ishlar unutilib ketdi. To‘g‘ri, 1967 yilda Kaliforniyada qor odamning ayol jinsi kinotasvirga olingan. Uning ishonchliligiga tadqiqotchilarda shubha yo‘q. Biroq rasmiy fan bu dalilga lom-mim demaydi.

- Nega?

- Fanda umumqabul qilingan ilmiy tushunchaga ko‘ra Yer yuzida gomo sapiyens-aqlli mavjudot odamzotdan boshqa gominoid yo‘q deb hisoblanadi. Bu fikrga qarshi biz odamsimon qo‘l bilan yaratilgan chaylalar, o‘yinchoqlar, mohirona egilib, bukilib, buralib, sindirib qoldirilgan daraxtlarni ko‘rsatamiz. Mavjud birorta fan bu ma’lumotlarni aniqlashga yordam berolmadi. Yangi fan-gominologiyani yaratish taqozo etildi. 1960 yilda professor B.Porshnev sa’y-harakatlari bilan bu fan odamsimon gominoidlar va ular bilan bog‘liq jumboqlarni o‘rganishga kirishdi.

Hozirda biz duch keladigan leshiye (alvasti) aynan qor odam yoki gominoidlardir degan fikrga keldik.

- Olimlarni tushunsa bo‘ladi. Ammo rad qilib bo‘lmaydigan dalillar yo‘q-da!

- Bor! Biroq ularni o‘z nomi bilan atashni istashmayapti. Nima uchun avvalo foto va videosuratlar bilan tanishmaslik kerak? 2018 yil yozida Komi Respublikasida o‘tib borayotgan qor odam kameraga tushirildi. Mahalliy o‘rmonchilik xodimi Mixail Smirnov o‘rmonda o‘rnatgan videokamera 50 metr masofada ushbu hodisani qayd etdi. Unda bahaybat, pahmoq jun bilan qoplangan odamsimon mavjudot aniq tasvirga olingan. Men amerikalik hamkasblar bilan maslahatlashdim. Ular 1967 yilda taniqli tadqiqotchi Rojer Pattersonning roligini tadqiq etishgan. Ular Komidagi mavjudot harakati, holati, Patterson filmidagi mahluqqa aynan o‘xshashligini aytishdi: Tana, oyoq, tizza bukilishi, yurishi hamma-hammasi. Odamlarni qor odam bilan yuzma-yuz duch kelish hollari juda ko‘p. U aniq-tiniq ko‘ringan. Lekin qanday qilib odamlar ko‘z o‘ngida havoga singib ketganday g‘oyib bo‘lishi hamon jumboq bo‘lib qolmoqda.

T.SHOMURODOV tarjimasi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!