Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligi oshiriladi

“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investisiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi
🔰 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.
✔️ Yangi tizim doirasida:
🔹er uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda “E-auksion”da savdolarga chiqariladi;
🔹elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.
⚠️ Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g‘olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi, jumladan:
▪️er uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;
▪️qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;
▪️er uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;
▪️dala chetida 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarni joylashtirish.