"Qish g‘amini yozda yeyish kerakmi?!"

"Qish g‘amini yozda yeyish kerakmi?!"

Jazirama kunlarda ko‘pchilik “jon saqlash uchun” sovuqroq joyni izlaganda, aqlli insonlar uyini qish izg‘iriniga tayyorlash bilan band bo‘ladilar.

O‘tgan qish mavsumida radiatorlaringiz qaynoq bo‘lsa ham, qo‘shimcha isitish moslamalaridan foydalanganingizda ham uyingiz isimadimi? Demak, xonadoningizni teploizolyasiya qilishingiz kerak.

Teploizolasiya turlari

Tashqi – odatda ko‘pchilik tashqi issiqlik izolasiyasidan foydalanadi. Uyni tashqi tomondan teploizolyasiya qilish ichkaridagi haroratni ushlash bilan birgalikda, xonalar hajmiga ta’sir ko‘rsatmasligi bilan ham qulaydir;

Ichki – ichki teploizolyasiya uyning issiqlik ko‘rsatkichlarini oshirish, mog‘ordan saqlashga yordam beradi. Ammo odatdan xonadonlar tashqi tomondan teploizolyasiya qilinadi. Buning imkoni bo‘lmaganda, masalan, agar siz ko‘p qavatli xonadonlarda yashasangiz tashqi izolyasiyadan foydalana olmaysiz.

Teploizolyasiya uchun material tanlash

Sizga taklif etilayotgan mahsulotni ma’lum talablar asosida tanlash to‘g‘ri qaror bo‘ladi:

* Avvalo, mahsulotlarning xizmat qilish muddatiga e’tibor bering. Ushbu muddat 30-50 yilgacha bo‘lishi lozim;

* Ekologik toza mahsulot tanlashga harakat qiling. Ayniqsa ichki izolasiyada ushbu jihat muhimdir;

* Teploizolasiya samaradorligi mahsulot xususiyatlari va materialning qalinligiga bog‘liq.

Ya’ni, issiqlik o‘tkazuvchanligi qancha past bo‘lsa, material shunchalik ingichka bo‘ladi.

Issiqlik izolyasiyasi uchun mahsulot turlari

Minvata va steklovata – issiqlik izolasiya mahsulotlari orasida yetakchi o‘rinda turuvchi mineral tola yuqoridagi barcha talablarga javob beradi. U qattiq plitalar yoki rulonli lenta shaklida sotuvga chiqariladi. Mineral tola uyning devorlari va shift izolyasiyasi uchun ayni muddao, xizmat qilish muddati esa 90 yil.

Shisha tola esa taxminan 25-30 yil xizmat qiladi. Ammo kalamush, sichqonlar kabi kemiruvchilardan eng yaxshi himoyani ta’minlaydi. Asosida shisha bo‘lgan isitgichlar mukammal shovqin va issiqlik izolyasiyasi ko‘rsatkichlariga ega.

Penoplast - uyni izolyasiyalash uchun polistirolli materiallarning ikkita turidan foydalanishadi: ko‘pikli va ekstrudirovka qilingan penopolistrol. Penoplastlar byudjet toifasidagi sintetik izolyator bo‘lib, har xil qalinlikdagi plitalardan iborat. Ammo sintetik mahsulot bo‘lgani sababli undan tashqi izolyasiyada foydalangan ma’qul.

Ekovata - ushbu material ekologik jihatdan toza, chunki u sellyuloza sanoati

mahsulotlaridan tayyorlanadi. Unga yonuvchanlikni kamaytiruvchi antiseptik va yong‘inga qarshi vosita ham qo‘shiladi. Qurilish materiallari bozorida ekovata yangi mahsulot bo‘lganiga qaramay, u mashhurlikka erishdi. Xizmat muddati 50 yil.

Penopoliuretan – bu sintetik material issiqlikni yaxshi ushlaydi, ammo qisqa xizmat muddatini o‘z ichiga oladi - 20-25 yil.

Biz yuqorida eng ko‘p foydalaniladigan va nisbatan sifatli teploizolasiya mahsulotlarini sanab o‘tdik. Eng to‘g‘ri tanlovni amalga oshirasiz, degan umiddamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!