Qirg‘izistonda yangi prezident qachon saylanishi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘izistonda yangi prezident qachon saylanishi ma’lum bo‘ldi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) yangi prezident va parlament saylovlarining dastlabki sanalarini e’lon qildi. Bu haqda TASS MSK rahbariga asoslanib xabar beradi.

Mamlakat rahbari saylovi taxminiy ravishda 2021 yil 17 yanvarga belgilangan. Mamlakatda takroriy parlament saylovlari shu yilning 20 dekabrida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, 15 oktyabr kuni Qirg‘iziston Bosh vaziri Sadir Japarov iste’foga chiqqan prezident Sooronbay Jeenbekov vakolatlari o‘tkazilishini e’lon qildi. Davlat rahbari yangi hukumatni tasdiqlash jamiyatdagi keskinlikni yumshata olmaganini va namoyishchilar uning ketishini talab qilayotganini tushuntirib, shunday qaror qabul qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!