Qirg‘izistonda qog‘oz, karton, yog‘och va yog‘och mahsulotlari eksporti taqiqlandi

A A A
Qirg‘izistonda qog‘oz, karton, yog‘och va yog‘och mahsulotlari eksporti taqiqlandi

Qirg‘izistonda qayta ishlangan qog‘oz va karton (makulatura va chiqindilar), yog‘och va yog‘och mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga vaqtinchalik taqiq joriy etildi, deb xabar beradi Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati.

Qaror mamlakat ichki bozorida xomashyo tanqisligining keskin oldini olish, shuningdek, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va tayyor mahsulot eksportini ko‘paytirish maqsadida qabul qilindi.

Taqiq olti oy muddatga joriy etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!